«A» klasdagi zamonaviy rom xarid qiling va hasharotlardan himoyalovchi maxsus setkalarning eng oxirgi avlodini tekinga oling

Bepul konsultatsiyaga ega bo’lish uchun quyidagi formani to’ldiring

Barcha ma’lumotlar maxfiy saqlanadi

Aksiyaning amal qilish muddati

Sizga hamyonbop narxda sifatli plastik romlar kerakmi?

Koʻnglingizdagidek rom qidirib, Oʻzbekistondagi koʻplab sex va bozorlarni aylanib chiqdingizmi?

Balki siz allaqachon burchaklari qiyshayib, sovuq va issiqda yorilib ketadigan, armatura va profili nozik boʻlgan, chetiga oddiy rezinka qoʻyilgan arzon romlarning bir nechtasini koʻrib boʻlgandirsiz?!

Syurprizlar yetarli!

Sizga «A» klassdagi plastik romlar kerak ekanligiga endi amin boʻlgandirsiz!

Bu rom yuqori sifatli mahsulot boʻlib, uning profillari, shishapaket, furnitura va boshqa shu kabi elementlari davlat standartlariga mos tarzda tayyorlangan.

Sifati esa hech qanday shubhaga oʻrin qoldirmaydi!   Oʻzbekistonning Diamond kompaniyasi 6 yil davomida yuqori sifatli eshik-rom va fasad oynalari yetkazib beruvchi rasmiy diler va qimmatbaho, yuqori aniqlikdagi texnikalar va boy ishlab chiqarish tajribasi hamda zavodiga ega ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.

Romlarimizning har bir koʻrsatkichi arzon konstruksiyalarga qaraganda koʻplab afzalliklarga ega:

  • Issiqlikni saqlash

    Deraza ortida avj olayotgan sovuq, koʻp kamerali profil, qalin shishapaket va germetik oynalar tufayli qoʻrqinchli emas.

  • Sukunat

    Hatto shahar markazida yashasangiz ham koʻcha shovqini sizga halal bermaydi. Havo bilan toʻldirilgan profil, ikki qavatli, assimetrik shakldagi qalin shisha va boshqa bir qator qimmatli xususiyatlari bilan yuqori ovoz o'tkazmaydigan xususiyatga ega.

  • Buzib kirishdan himoya

    Romlarga buzib kirishdan hhimoyani taʼminlaydigan maxsus furnitura oʻrnatilgan.

  • Tutqichlar mexanizmi

    Eshik tutqichlarini osonlik bilan turli rejimga oʻtkazish mumkin, mexanizm esa hech bir qiyinchiliksiz aylanadi.

  • Bitmas-tuganmas dizaynerlik imkoniyatlari

    Fasadni boʻyash, intererni toʻldirish, hayotingizga eng ilgʻor gʻoyalarni olib kirishingiz mumkin. Profillarimiz rang palitrasi xilma-xil boʻlgani uchun har qanday did egasiga mos tushadi.

  • Energiya samaradorligi

    Isitgich va konditsionerlarni kamroq yoqish imkoniyati. Ikki qavatli shishapaketlar oʻzida Quyosh nurlarini akslantirgani uchun xonada iliqlik boʻlishini taxminlaydi. Qishda issiqlik xonaga kirib, deraza orqali qaytib chiqmaydi, yozda esa quyoshni qaytarib, xonani salqin saqlaydi.

  • Tabiiy yorugʻlikning xonaga maksimal kirib borishi

    Elegant koʻrinishdagi ingichka ishlangan ramkalar oynaning shaffof qismini koʻpaytirib, xonaga koʻproq yorugʻlik tushishini taʼminlaydi. Issiqlik oʻtkazuvchanlik xususiyatlari bu bilan aslo kamaymadi.

  • Estetik goʻzalligini uzoq yillar saqlab qoladi

    Oppoq va yorqin rangdagi profillar Quyosh nuri va sovuqda eskirib, qorayib, sargʻayib qolmaydi.

  • Uzoq yillik xizmati

    60 yillik sifatli xizmat kafolati, bu "B" va "C" sinfidagi derazalarga qaraganda ancha yuqori.

  • Harorat oʻzgarishlariga chidamliligi

    Profillarni ishlab chiqarishda PVXga turli stabilizatorlar qo'shiladi, bu esa issiq-sovuqqa chidamlilik va deraza romlari xavfsizligini kafolatlaydi.

  • Xavfsizligi

    PVX kimyoviy formulasi yaxshilangani bois bizning profillar oʻzidan zararli modda ajratib chiqarmaydi. Inson hayoti uchun xavfsiz.

  • Koʻrinishi

    Profillarimiz har qanday tashqi taʼsir, hatto oʻz ogʻirligi taʼsirida ham bukilmay, oʻz shaklini oʻzgartirmay turaveradi.

  • Ishonchli germetika

    Mustahkam, elastik uplotnitel har qanday noqulay ob-havo sharoitiga moslashib, oʻzining boshlangʻich formasiga qaytib keladi.

  • Tozalash osonligi

    Romlarning supersilliq ramkasi deyarli ifloslanmaydi va muttasil ravishda yuvib turishga hojat yoʻq.

Romlarimizning yuqori sifatli furniturasi afzalliklari:

  • Kuchaytirilgan halqalar mexanizmni qattiq ushlab turadi – u oʻz ogʻirligi hisobiga egilib qolmaydi.

  • Stvorka yopiq holatda ramkaga qattiq yopishib turadi – shunda xonadagi issiq havo 30% yaxshiroq saqlanib qoladi. Unga sovuq ham shovqin ham kira olmaydi.

  • Kuchaytirilgan metal tasma tufayli furnitura oʻz shaklini yoʻqotmaydi, ish jarayoni buzilmaydi.

  • Tutqichlarga ortiqcha kuch berish shart emas, ular osonlik bilan buraladi. Bu afzallik stvorkalarning ochilgandagi burilishi va yopilgandagi qisib qolishida ham koʻrinadi.

  • Furnitura 10 000 sikl ochib/yopish siklini koʻtara oladi. Demak, mexanizmlar ochib-yopishga 10 yildan ortiq chidab beradi, degani.

Mijozlarimiz Biz Haqimizda:

Farhod

46 yosh

Men xususiy uylar qurish bilan shug’ullanaman. Deraza-romlarni o’rnatishga kelsak, har doim sifatli ishlab chiqaruvchini tanlaganman. Xaridorlarim “qaysi kompaniyaning plastik romlari yaxshi” deb mendan ko’p so’rashadi. Rom ishlab chiqarish bo’yicha lider, albatta, Diamond kompaniyasi. Ular hech qachon meni uyaltirib qo’yishmagan. Profil va shishasi davlat standartlariga mos tushadi. Xaridorlarim juda mamnun, eng muhimi shu.

Miraziz

52 yosh

Yaqinda kvartiramdigi romlarni almashtirmoqchi bo’ldim. Bozor aylanib, bironta kunglimga yoqadigon deraza-rom topmadim, viboram yo’q. Qo’shnimni maslahati bilan Diamond kompaniyasi romlarini oldim. To’g’risi, buni kutmagandim: kompaniyada haqqiqiy professionallar ishlar ekan. Hamma savollarimga javob berib, o’lchash, dizayn tanlash, etkazib berishlani tekin qilib berishdi. Bundan tashqari chivinlarni o’tkazmaydigan setkayam podarka qilishdi. Katta rahmat Diamondga!

Muhiddin

38 yosh

Men 4 yil oldin uy qurganimda, deraza-romning arzonini tanlagandim. Bu eng katta xatoyim bo’ldi, rafiqam biln ancha qiynaldik: chang, yelvizak, ovoz, hammasi uyimizga to’ppa-to’g’ri kirib kelardi. Endi ortiq qiynalmaslik uchun faqat sifatli rom xarid qilmoqchi bo’ldim. «Diamond» kompaniyasi reklamasini ko’rib, darhol qo’ng’iroq qildim. 2 haftada tayyor qilib berishdi. Ularda tanlov katta ekan, yana o’lchash va yetkazib berishni tekin qilib berishdi. Chivindan himoya qiluvchi setka berishganida juda xursand bo’ldik. Rahmat, Diamond!

Siz bizga toʻgʻri kelmaysiz, agar:

  • «A» va «V» klasslar orasidagi farqni sezmasangiz

  • Haqiqiy sifatli mahsulotga pul sarflashni istamasangiz

  • Yuqori sifatli profil va oynalarning shinam va chidamli boʻlishiga shubha qilsangiz

  • Har 2-3 yilda arzon eshik-rom almashtirib, oʻrganib qolgan boʻlsangiz va boshqalar...

Bir tasavvur qiling…

Siz kvartira yoki ofisingizda remont boshladingiz, uy yoki mehmonxona quryapsiz…


Va Siz elita mahsulotning barcha ustunliklarini tan olgan holda eng sifatli va ishonchli mahsulotni tanladingiz.


Axir premial plastik rom xarid qilish – oʻzining boyvachcha ekanligini koʻrsatish emas (ayrimlar uchun shunday boʻlishi ham mumkin).


Diamond kompaniyasi bilan har qanday xaridor nafaqat qulaylik va ishonchga, balki hayot sifatini yaxshilaydigan, ortiqcha to'lovlar va uzoq vaqt davomida bosh og'rig'i boʻlmaydigan mukammal mahsulotga ega boʻladi.

Agar siz foyda olishga intilib, eng arzon takliflarni tanlasangiz, oqibati nima boʻlishini o'yladingizmi?

Tejamkorlik – yaxshi odat, biroq uning oqibatlari unchalik xayrli tugamasligi mumkin.

Eng arzon romni sotib olgandan so'ng, ularning kamchiliklarini bartaraf etish uchun "pul", "vaqt" va "hissiyotlar" sarflashga toʻgʻri keladi.

Bu asossiz yoki irratsional iqtisodning misolidir.

Va bu sizning hayotingizni yaxshilamaydi...

Diamond kompaniyasi bilan ishlashning afzalliklari:

  • Konsultatsiya, oʻlchash, dizayn, dostavka – BEPUL!

  • Chegirma – 10 %

  • Hasharotlardan himoyalovchi maxsus setkalar

  • Buyurtma bahosining 5% miqdoricha sovgʻa

  • “A” klassga mansub shisha va profil

  • Qulay narx

  • Profillarning ulkan assortimenti

  • Har qanday hajmdagi buyurtma 2 haftada tayyor boʻladi

Ishonchli ishlab chiqaruvchidan rom sotib olish derazalaringiz uzoq vaqt xizmat qilishi kafolatidir!

10 000 000 so'm va undan ortiq miqdordagi derazalarga buyurtma bering va maishiy texnikani sovg'aga oling!

© 2022 Diamond | All Rights Reserved.

This site is not a part of the Facebook website or Facebook Inc. Additionally, This site is NOT endorsed by Facebook in any way. FACEBOOK is a trademark of FACEBOOK, Inc.